Tanlov ustuvorligi: abituriyent qaysi holatda qaysi variantni tanlaydi
Tanlov ustuvorligi nima uchun muhim
Oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlar universitet va ta'lim yo'nalishlari bilan birga tanlov ustuvorligini ham belgilaydi. Ushbu tanlov qabul natijasiga bevosita ta'sir qilishi mumkin.
Tanlov ustuvorligi abituriyentning arizasi qaysi tartibda ko'rib chiqilishini belgilaydi.
Davlat granti ustuvorligi qanday ishlaydi?
Agar abituriyent Davlat granti ustuvorligini tanlasa, u tanlagan barcha ta'lim yo'nalishlari bo'yicha avval davlat granti, undan keyin to'lov-kontrakt asosida ketma-ket ko'rib chiqiladi.
Bu variant grant asosida o'qishni birinchi o'ringa qo'yadigan abituriyentlar uchun qulay hisoblanadi.
Ta'lim yo'nalishi ustuvorligi qanday ishlaydi?
Agar Ta'lim yo'nalishi ustuvorligi tanlansa, tizim har bir tanlangan yo'nalish bo'yicha avval davlat granti, keyin to'lov-kontrakt imkoniyatini ketma-ket tekshiradi. Shundan so'ng keyingi yo'nalishga o'tiladi.
Bu usul tanlangan birinchi yo'nalishda o'qishni istaganlar uchun maqsadga muvofiq.
Qaysi holatda qaysi variant tanlanadi?
Davlat granti ustuvorligi quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
• abituriyent uchun eng muhimi grant asosida talaba bo'lish bo'lsa;
• qaysi OTM yoki yo'nalish bo'lishidan qat'i nazar davlat granti olish istagi bo'lsa;
• grant imkoniyatini maksimal darajada oshirish maqsad qilingan bo'lsa.
Ta'lim yo'nalishi ustuvorligi esa quyidagi holatlarda maqsadga muvofiq:
• aynan birinchi tanlangan yo'nalishda o'qish muhim bo'lsa;
• grant yoki kontrakt bo'lishidan qat'i nazar o'sha yo'nalishga kirish istagi bo'lsa.